Hamkasblarining kartasidan salkam 23 mln so‘mni yechib olgan ishchi fosh bo‘ldi
Qoraqalpog‘istondagi «Natural Gaz Strim» qo‘shma korxonasida ishlovchi, Namangan viloyatining Chortoq tumanida ro‘yxatda turuvchi D.X. Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIVga ariza bilan murojaat qildi.
Aytishicha, unga tegishli bank kartasidan 727 000 so‘m, hamkasbi A.A.ga tegishli bank kartasidan 22 000 000 so‘m pul noma’lum shaxs tomonidan o‘zlashtirilgan.
Olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari davomida ushbu jinoyatni shu korxonada ishlovchi S.O‘. (2001-y.t.) sodir etgani aniqlangan. U ishchilarning kiyim almashtirish xonasida hamkasblarining bank kartasi boshqaruvini qo‘lga kiritib, pullarini yechib olgan.
S.O‘.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 169-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda, deyiladi xabarda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter