Har bir bemorni davolashdan 3 million so‘mgacha iqtisod qilish yechimi aytildi
Kardiologiya masalalariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishida ma’lum qilinishicha, kelgusi yil 1 iyulga qadar tuman, viloyat va respublika darajasida davolanadigan kasalliklar ro‘yxati tuzilib, shu asosda rejali davolash ishlari yo‘lga qo‘yiladi. Eslatib o‘tamiz, ushbu yig‘ilishni Shavkat Mirziyoyev o‘tkazmoqda.
Yig‘ilishda ta’kidlanishicha, tuman shifoxonalariga EKG, ExoKG, xolter-monitor va defibrillyator kabi 4 turdagi kardiologiya uskunalari o‘rnatilib, bu yo‘nalishda ko‘rsatiladigan xizmatlar 5 tadan 15 taga oshiriladi. Buning uchun qo‘shimcha 60 milliard so‘m yo‘naltiriladi va kelgusi yil 1 iyulga qadar mutaxassisi mavjud tumanlar 4 turdagi zamonaviy kardiologiya uskunalari bilan jihozlanadi.
«Shu orqali har bir bemor kardiologiya xizmatlaridan 3 million so‘m iqtisod qiladi», - dedi Shavkat Mirziyoyev.
Avvalroq, kardiologiya xizmati bo‘yicha qator yangilanishlar bo‘lishi e’lon qilingandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter