Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Harbiy prokuratura xodimlariga ham ipoteka bo‘yicha imtiyozlar beriladi

Harbiy prokuratura xodimlariga ham ipoteka bo‘yicha imtiyozlar beriladi

Foto: Xabar.uz

Vazirlar Mahkamasining 15.08.2023 yildagi «O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tizimida qonuniylikni ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar belgilanganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi 388-son qarori qabul qilindi.

Kiritilayotgan o‘zgartirishlarga ko‘ra endilikda harbiy prokuratura xodimlari ham «Ma’naviy-ma’rifiy ishlar a’lochisi» ko‘krak nishoni bilan taqdirlanadi.

Ma’lumot uchun: ushbu ko‘krak nishoni bilan Qurolli Kuchlar tizimida ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirishga munosib hissa qo‘shgan harbiy xizmatchilar va fuqarolar taqdirlanadi.

Shuningdek harbiy prokuratura xodimlariga turar joy sotib olish (qurish) uchun uzoq muddatli imtiyozli ipoteka kreditlari taqdim etiladi. Muqaddam bunday imtiyozlar Milliy gvardiya, IIV, FVV va DXXning shartnoma asosida xizmat qilayotgan harbiy xizmatchilariga taqdim etilgan.

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 16.08.2023 yildan kuchga kirdi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring