Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Havo keskin sovuqlashadi. Ayrim joylarda qor yog‘adi» — O‘zgidromet

«Havo keskin sovuqlashadi. Ayrim joylarda qor yog‘adi» — O‘zgidromet

Foto: «Xabar.uz»

O‘zbekiston bo‘yicha 9-13 oktyabr kunlariga ob-havo prognozi taqdim etildi.

Qayd etilishicha, 9-11 oktyabrda O‘zbekiston hududining katta qismida quruq va o‘rtacha iliq ob-havo saqlanib turadi. Havo harorati asosan kechalari 11-16 daraja, kunduz kunlari 25-30 daraja bo‘ladi.

11 oktyabrda respublikamizning shimoli-g‘arbiy hududlariga Qora dengiz hududlaridan sovuq va nam havo massalari kirib kelishi boshlanadi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida yomg‘ir yog‘adi, ba’zi joylarda shamol tezligi kuchayadi. Havo harorati 12-17 darajagacha pasayadi.

12-13 oktyabr kunlari sovuq va nam havo massalari kirib kelishi O‘zbekistonning barcha hududlariga tarqaladi. 12 oktyabrda, shuningdek, 13 oktyabrda kechasi va ertalab respublika bo‘yicha vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi. 13 oktyabrda kunduzi faqat Farg‘ona vodiysi viloyatlarida yomg‘ir yog‘ishi saqlanib turadi. Shamol tezligi ba’zi joylarda 15-18 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda. Havo harorati kechalari 6-11 darajagacha, shimolda 2-7 daraja iliqgacha, kunduz kunlari 12-17 darajagacha pasayadi.

Respublikaning tog‘li hududlarida 12-13 oktyabr kunlari vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik (yomg‘ir, ba’zi joylarda qorga aylanadi) bo‘ladi.

Bu ushbu mavsumda birinchi haqiqiy kuzgi sovuq kirib kelishi kuzatiladi.

Poytaxtimizda havo o‘zgarib turadi, 9-11 oktyabr kunlari yog‘ingarchilik kutilmaydi, 12 oktyabrda kunning ikkinchi yarmida yomg‘ir yog‘adi, 13 oktyabrda kechasi va ertalab yomg‘ir yog‘adi, kunduzi yog‘ingarchilik kutilmaydi.

Harorat: 9 oktyabrda 25-27 daraja, 10-11 oktyabrda kechasi 12-15 daraja, kunduzi 27-29 daraja, 12 oktabrda kechasi 14-16 daraja, kunduzi 24-26 daraja, 13 oktabrda kechasi 6-9 daraja, kunduzi 12-15 daraja bo‘ladi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 3-8 m/s tezlikda esadi, 12-13 oktabrda 12-15 m/s gacha kuchayishi mumkin.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring