Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Havo sharlari yordamida Buxoro gumbazlari bo‘ylab 100 metr balandlikda sayohat

Havo sharlari yordamida Buxoro gumbazlari bo‘ylab 100 metr balandlikda sayohat

Buxoroda birinchi marta havo shari uchirildi.

Foto: «Uzbektourism.uz»

Qadim Buxoroda birinchi marta havo shari uchirildi. Ushbu tashabbus O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, tijorat banklari hamda O‘zbekiston aeronavtika federatsiyasi bilan hamkorlikda amalga oshirildi, deb xabar berdi qo‘mita matbuot xizmati.

Foto: «Uzbektourism.uz»

Sayyohlarni jalb qilish uchun loyiha doirasida kamida to‘rtta havo shari sotib olish rejalashtirilgan.

Havo sharlari yordamida sayyohlar qadimiy Buxoro ustidan osmonu falakka ko‘tariladi va ular yarim soat davomida qadimiy shahar gumbazi bo‘ylab 100 metr balandlikdan butun shaharni tomosha qilishlari mumkin bo‘ladi. Bu esa sayyohlarga ajoyib fotosuratlar olish va xushkayfiyat taqdim etadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring