Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ichki ishlar vazirining sobiq birinchi o‘rinbosari «Mahalla» kengashi raisi bo‘ladi

Ichki ishlar vazirining sobiq birinchi o‘rinbosari «Mahalla» kengashi raisi bo‘ladi

Oliy Majlis Senatining I yalpi majlisida prezident Shavkat Mirziyoyev nutq so‘zlamoqda.

«Xushnudbek.uz» kanalining xabar berishicha, prezident «Mahalla» kengashi raisining o‘zgarishini ma’lum qilgan.

«Yaqinda eshitasizlar, «Mahalla»ning rahbarini ham almashtiramiz. «Mahalla»ning tizimi ham boshqacha bo‘ladi, rahbari ham boshqa bo‘ladi. Biz mahallaning jamiyatdagi rolini kuchaytirmoqchimiz. Shu sababli «Mahalla» kengashiga ham o‘zim ishongan odamni olib kelmoqchiman. Farg‘ona viloyati ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘ini bekorga chaqirganim yo‘q. U hali sizlardek senator bo‘ladi, «Mahalla»ning raisi bo‘ladi tez orada», — degan Shavkat Mirziyoyev.

Ma’lumot uchun, Farg‘ona viloyati IIB boshlig‘i sifatida Rahmat Mamatov 2017-yilning oktyabr oyidan buyon ishlab kelmoqda.

Rahmat Mamatov o‘z vaqtida Ichki ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari – jinoyat qidiruv va terrorchilikka qarshi kurash bosh boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlagan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring