IIV tizimida nechta xodim vafot etgani va ularning yaqinlariga qancha kompensatsiya berilishi ma’lum qilindi
Ichki ishlar vazirligi tomonidan 1 dekabr kuni AOKAda bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida joriy yilning o‘tgan o‘n oyi davomida tizimda vafot etgan xodimlar haqida ma’lumot berildi.
IIV departament boshlig‘i o‘rinbosari palkovnik Hamza Maxsumovning aytishicha, Ichki ishlar organlari xodimlari orasida kundalik yoxud tungi xizmat faoliyati davomida turli baxtsiz hodisalar va fuqarolar tomonidan qarshilik ko‘rsatilishi oqibatida, vafot etish hamda tan jarohati olib nogiron bo‘lib qolish holatlari tez-tez uchramoqda.
«Joriy yilning 10 oyida 25 nafar xodim vafot etgan, shundan, 9 nafari yo‘l-transport hodisasi oqibatida, 16 nafari xizmat vazifasini bajarish vaqtida vafot etgan. Shuningdek, 284 nafar xodimlar turli darajada tan jarohati olib, aksariyati olgan tan jarohati oqibatida orttirilgan nogironlik holati yoki xizmatga yaroqsizligi sababli, sog‘lig‘ining holatiga ko‘ra ichki ishlar organlaridan bo‘shatilgan», dedi palkovnik Hamza Maxsumov.
Ma’lum qilinishicha, O‘zbekiston Prezidentining qaroriga muvofiq, Ichki ishlar vazirligi tizimida xizmat qilayotgan xodimlarni ijtimoiy himoya qilish maqsadida 7 ta yangi imtiyozlar amaliyotga tadbiq etilgan.
Tizimda 20 yil va undan ko‘p ishlagan xodimlarga sog‘lig‘ini tiklash uchun bir martalik kompensatsiya to‘lash belgilab qo‘yilgan.
Xizmatdan bo‘shatilgandan boshlab 36 oy davomida sobiq xodimning ichki ishlar organlaridagi xizmat vazifalarini bajarganligi bilan bog‘liq sabablarga ko‘ra hayoti va sog‘ligiga zarar yetkazilgan taqirda, bir martalik pul kompensatsiyasi to‘lash tizimi ham yo‘lga qo‘yilgan.
Xizmat vaqtida vafot etgan xodimlaring oila a’zolariga bazaviy hisoblash miqdorining 500 baravarigacha (150 million so‘m), o‘rtacha og‘ir yoki og‘ir jarohat yetkazilganda BXMning 300 baravarigacha (90 million so‘m) berilishi kabi imtiyozlar ko‘zda tutilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter