MICE turizm tadbirlarini tashkil qilgan tadbirkorlarga QQSdan imtiyoz beriladi
Qarorga ko‘ra, QQSning 50 foizi respublika budjeti hisobidan qoplab beriladi va bunda tadbirkorlar MICE tadbiri tugaganidan so‘ng 3 oy ichida Milliy turizm yagona platformasi orqali Turizm qo‘mitasiga murojaat qilishi lozim.
Toshkent va Samarqandda harbiy xizmatchilarga to‘lanadigan «ijara puli» oshiriladi
Turar joyni ijaraga olganlik (ijarada turganlik) uchun pul kompensatsiyasi kontrakt bo‘yicha xizmat qilayotgan, O‘zbekiston Respublikasi vazirliklari va idoralari yo‘nalishi bo‘yicha turar joy bilan ta’minlanmagan oddiy askar, serjant va ofitserlar tarkibidagi harbiy xizmatchilarga amaldagi sarf-xarajatlar doirasida (kommunal xizmatlar haqi bundan mustasno) to‘lab beriladi.
Ishlab chiqarilganiga 30 yildan oshgan avtomobillar egalari ekologik kompensatsiya to‘lashi mumkin
Bu «Ekspluatatsiya muddati o‘tgan avtomashinalarning utilizatsiyasini tashkil etish va uning komponentlarini qayta ishlash amaliyotini yo‘lga qo‘yish to‘g‘risida»gi qaror loyihasida ko‘zda tutilgan.
Renovatsiya kompensatsiya to‘lovlariga soliq solinmaydi
Renovatsiya jarayonlarida mulkdorlar uchun muhim yangilik joriy etildi. Endi kompensatsiya tarzida berilgan mol-mulk va mablag‘larga nisbatan soliq tartibi o‘zgaradi.
Qorako‘l tumani hokimligi fermer ayolga 607 mln so‘mdan oshiq kompensatsiya to‘ladi
Qorako‘l tumanidagi «Uchqun Do‘rman zamini» va «Do‘rmon Omad nur» fermer xo‘jaliklariga ko‘p yillardan buyon yoshi ulug‘ fermer ayol Oltinoy Sottiyeva rahbarlik qilib kelgan.
Buzilgan uylar uchun kompensatsiya to‘lashning 4 xil shakli belgilanmoqda
Senatda muhokama qilingan yangi qonun mulkdorlar huquqlarini kuchaytirishni nazarda tutadi. Endi kompensatsiya qanday tarzda berilishi ham aniq belgilanmoqda.
Yetkazilgan zarar uchun to‘lanadigan kompensatsiyalarni soliqqa tortmaslik taklif qilinyapti
Adliya vazirligi e’lon qilgan tegishli qonun loyihasida yer uchastkasi yoki uning bir qismi jamoat ehtiyojlari uchun olib qo‘yilganda mulkdorga to‘lab beriladigan kompensatsiyani «daromad» sifatida emas, balki majburiy tarzda olib qo‘yilgan mulkning evaziga berilgan qiymat deb baholash taklif qilinyapti.
Poyezd kechiksa, pul qaytariladi: kompensatsiya to‘lash tartibi belgilanmoqda
Temir yo‘lda kechikishlar uchun yo‘lovchilarga kompensatsiya to‘lash tartibi ishlab chiqilmoqda.
IIB va MG xodimlariga tungi xizmatlari uchun kompensatsiya to‘lab beriladi
Ichki ishlar va Milliy gvardiya xodimlariga tungi xizmatining har soatiga bazaviy hisoblashning 5 foizi miqdorida kompensatsiya to‘lab beriladi.
Yakka tartibda o‘qitiladigan o‘quvchilarga dars berganlik uchun yo‘l kompensatsiyasi to‘lanadi
Hukumat qarori bilan Vazirlar Mahkamasining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.

