Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

IIVga muhim vakolat berilishi ko‘zda tutilmoqda

IIVga muhim vakolat berilishi ko‘zda tutilmoqda

Foto: Xabar.uz

IIVga «Avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalari haydovchilarini tayyorlash hamda qayta tayyorlash sohasidagi nodavlat ta’lim xizmatlarini ko‘rsatish faoliyati» turi uchun litsenziya berish vakolati berilmoqda.

Bu haqda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Rasul Kusherbayev ma’lumot berdi. 

«Davlat boji to‘g‘risida»gi qonunga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalarga ko‘ra, ushbu faoliyat turi uchun davlat boji miqdori BHMning 10 baravari miqdorida etib belgilash ko‘zda tutilgan.

Qonun loyihasi siyosiy partiyalar fraksiyalari tomonidan ko‘rib chiqilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring