Ikki viloyat hokimi o‘rinbosari ishdan olindi
Farg‘ona viloyatida voyaga yetmaganlar sodir etgan og‘ir jinoyatlarning 20 foizi va o‘ta og‘ir jinoyatlarning 43 foizi aynan Qo‘qon shahriga to‘g‘ri kelgan. Achinarlisi, 47 nafar maktab va 18 nafar kollej o‘quvchilari jinoyatga qo‘l urgan.
Bu butun respublika bo‘yicha eng yomon ko‘rsatkich hisoblanadi.
Yoshlar ishlari agentligi, huquq-tartibot idoralari Qo‘qondagi vaziyatni jilovlashda e’tiborsizlik va sustkashlikka yo‘l qo‘yayotgani tanqid qilindi.
Shuningdek, yoshlar bilan ishlashni o‘z holiga tashlab qo‘ygani uchun:
— Sirdaryo va Navoiy viloyatlari hokimlarining yoshlar siyosati bo‘yicha o‘rinbosarlari Sh.Zayniddinov va Ya.Dushanov;
— Sirdaryo viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘ining jamoat tartibini saqlash bo‘yicha o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter