Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Imtiyozli transport kartasi kimlarga beriladi? Reglament tasdiqlandi

Imtiyozli transport kartasi kimlarga beriladi? Reglament tasdiqlandi

Foto: Xabar.uz

Hukumat qarori (16.09.2022-y. 507-son) bilan Shahar yo‘lovchilar transportida (yo‘nalishli va yo‘nalishsiz taksidan tashqari) ayrim toifadagi fuqarolarga bepul yurish huquqini beruvchi imtiyozli transport kartalarini berish yuzasidan davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy reglamenti tasdiqlandi.

Reglamentga muvofiq, quyidagi shaxslarga imtiyozli transport kartasi beriladi:

  • 1941–1945-yillardagi urush qatnashchilari jumlasidan bo‘lmish harbiy xizmatchilar;
  • 1941–1945-yillardagi urush nogironlari va urushning I guruh nogironiga hamrohlik qiluvchi shaxs;
  • 1941–1945-yillardagi urush davrida front ortida fidokorona mehnati va benuqson harbiy xizmati uchun orden va medallar bilan taqdirlangan shaxslar;
  • Afg‘oniston Respublikasida va boshqa mamlakatlarning hududidagi jangovar harakatlarda qatnashgan sobiq baynalmilalchi jangchilar jumlasidan bo‘lmish fuqarolar;
  • haqiqiy muddatli harbiy xizmatni o‘tayotgan harbiy xizmatchilar va kontrakt bo‘yicha oddiy askarlar hamda serjantlar tarkibidagi harbiy xizmatchilar;
  • Chernobil AES halokati oqibatida nurlanish kasalligiga chalingan va uni boshdan kechirgan shaxslar;
  • ko‘zi ojiz nogironlar va ko‘zi ojiz nogironga hamrohlik qiluvchi shaxs.

Imtiyozli transport kartalarini olish uchun hududiy transport boshqarmalariga yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) orqali murojaat qilinadi.

Vakolatli organ arizani 2 ish kunida o‘rganib imtiyozli karta berish yoki uning berilishini rad etish haqida murojaat qiluvchiga ma’lumot yuboradi.

Davlat xizmatini ko‘rsatganlik uchun yig‘im undirilmaydi, imtiyozli karta cheklanmagan muddatga beriladi.

Qarorga muvofiq, imtiyozli transport kartalarini berish bosqichma-bosqich:

  • Toshkent va Samarqand shaharlarida — 2023-yil 1-yanvardan;
  • O‘zbekistonning barcha shaharlarida — 2023-yil 1-maydan amalga oshiriladi.

Eski namunadagi guvohnomalar 2023-yil 1-sentyabrgacha o‘z kuchini saqlab qoladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring