Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ipoteka kreditlariga 17 trillion so‘m yo‘naltiriladi

Ipoteka kreditlariga 17 trillion so‘m yo‘naltiriladi

Foto: Xabar.uz

«2024-yilda ipoteka kreditlarini ajratish mexanizmlarini takomillashtirish va aholining uy-joy sharoitlarini yaxshilashga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi Prezident Farmoni (PF-70-son, 30.04.2024 y.) qabul qilindi.

Farmonga ko‘ra, bozor tamoyillariga asoslangan ipoteka kreditlari orqali aholini uy-joy bilan ta’minlash dasturi (Dastur) doirasida, quyidagilar amalga oshiriladi:

- hududlarda 100 mingta kvartiradan iborat bo‘lgan ko‘p qavatli uy-joylar quriladi;

- qurilish tashkilotlariga bozor tamoyillari asosida ajratilgan kreditlar bo‘yicha kompensatsiya va kafilliklar icha taqdim etiladi;

- ko‘p qavatli uy-joylar qurish jarayonlariga «yashil» uy-joy standartlari joriy qilinadi;

- ipoteka kreditlarini moliyalashtirishga kamida 17 trillion so‘m mablag‘ yo‘naltiriladi;

- kambag‘allikdan chiqarish dasturiga kiritilgan va uy-joy sharoitini yaxshilashga muhtoj bo‘lgan shaxslarga yakka tartibdagi uy-joy qurish, rekonstruksiya qilish va ta’mirlash uchun 120 million so‘mgacha ipoteka kreditlari ajratiladi;

- banklarning o‘z mablag‘lari hisobidan ajratilgan ipoteka kreditlarini Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan qayta moliyalashtirish mexanizmlaridan keng foydalaniladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring