Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Iyul oyi oxirlarida ob-havo biroz salqinlashishi kutilyapti

Iyul oyi oxirlarida ob-havo biroz salqinlashishi kutilyapti

Foto:«Xabar.uz»

«O‘zgidromet» boshlangan hafta uchun ob-havo ma’lumotini e’lon qildi.

27-iyuldan 29-iyulgacha O‘zbekiston hududi atmosferadagi kuchsiz g‘arbiy oqim harakati ta’sirida bo‘ladi, natijada respublikada ob-havoning o‘rtacha issiq va mamlakat hududining katta qismida quruq bo‘lishi kutilmoqda. Faqat O‘zbekistonning tog‘li va tog‘oldi hududlarida, 28-iyul seshanba kuni esa Farg‘ona vodiysining teksilik hududida ayrim joylarga qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Kunduzgi havo harorati 35-38 daraja bo‘ladi, ayrim joylarda 40 darajagacha yetadi.

30-iyul kuni Volgabo‘yi hamda O‘zbekistonning shimoli-g‘arbiy hududlari ustida balandlikdagi siklon shakllanishi kutilmoqda, u 31-iyul kuni va avgustning birinchi kunlarida butun respublika hududidagi ob-havoning shakllanishiga ta’sir ko‘rsatadi.

31-iyulda respublikaning barcha viloyatlarida ayrim joylarga, 1-2-avgust kunlari tog‘li va tog‘oldi tumanlarga qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Kunduzgi harorat 33-36 darajagacha pasayadi, bu iyul oxiri — avgustning boshi uchun xos bo‘lgan iqlimiy me’yorlarga yaqindir.

Ba’zi kunlarda respublika bo‘yicha ayrim joylarda shamolning tezligi sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring