Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Jahonda vabo tarqalish xavfi keskin kuchaydi

Jahonda vabo tarqalish xavfi keskin kuchaydi

JSST bayonotiga ko‘ra, 2022-yil dekabr oyi o‘rtalaridan boshlab Yer yuzida vabo bilan bog‘liq epidemiologik vaziyat yomonlashmoqda.

Xususan, shu yil fevral oyiga kelib 18 ta mamlakat hududida mazkur kasallik avj olgani xabar qilindi. Eng yomoni, ularda epidemiyadan o‘lim ko‘rsatkichi sezilarli darajada yuqori.

Tahlillarga ko‘ra, so‘nggi ikki asr davomida sayyoramizda yettita vabo pandemiyasi qayd etilgan. Ulardan yettinchisi 1961-yilda boshlangan bo‘lib, hamon davom etmoqda.

Garchi pandemiya o‘tgan asrning 90-yillari oxirida sezilarli darajada kamaygan bo‘lsa-da, Afrika va Osiyo davlatlarida hanuz epidemiyaning yangi to‘lqinlari vujudga kelyapti.

Bemorlar soni ko‘payishi va kasallik geografiyasi kengayishi, qolaversa, vaboga qarshi vaksinalar hamda boshqa resurslar taqchilligini hisobga olib, JSST kelgusi oylarda bu xastalikning yanada avj olishi xavfini juda yuqori, deb baholaydi.

Eslatib o‘tamiz, vabo o‘tkir diareya infeksiyasi bo‘lib, har yili o‘rtacha 2,9 million kishida aniqlanadi. Achinarlisi, bemorlardan 95 ming nafari infeksiya asoratlari tufayli hayotdan ko‘z yummoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring