Jizzax viloyatiga hokim tasdiqlandi
Ergash Saliyev Jizzax viloyati hokimi lavozimiga tasdiqlandi.
Xalq deputatlari Jizzax viloyati Kengashining yettinchi chaqiriq birinchi sessiyasi o‘tkazildi.Unda viloyat Hududiy saylov komissiyasi raisi Shavkat Sharipovning joriy yil 27 oktyabrda bo‘lib o‘tgan saylov yakunlari to‘g‘risidagi axboroti tinglandi.
Sessiyada deputat Shukurov Parda Shukurovich xalq deputatlari Jizzax viloyati Kengashi raisi etib saylandi.
Shuningdek, sessiyada xalq deputatlari Jizzax viloyati Kengashiga saylangan deputatlarning partiya guruhlari ro‘yxatdan o‘tkazilib, viloyat Kengashining Reglamenti va doimiy komissiyalar to‘g‘risidagi Nizom tasdiqlandi.
Maslahatlashuvda Prezident tomonidan Jizzax viloyati hokimi lavozimiga Saliyev Ergash Alibekovich nomzodi ko‘rsatilganligi bildirildi.
Saliyev Ergash Alibekovich Jizzax viloyati hokimi lavozimiga bir ovozdan tasdiqlandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter