Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Jizzax viloyatiga hokim tasdiqlandi

Jizzax viloyatiga hokim tasdiqlandi

Ergash Saliyev Jizzax viloyati hokimi lavozimiga tasdiqlandi.

Xalq deputatlari Jizzax viloyati Kengashining yettinchi chaqiriq birinchi sessiyasi o‘tkazildi.Unda viloyat Hududiy saylov komissiyasi raisi Shavkat Sharipovning joriy yil 27 oktyabrda bo‘lib o‘tgan saylov yakunlari to‘g‘risidagi axboroti tinglandi.

Sessiyada deputat Shukurov  Parda Shukurovich xalq deputatlari Jizzax viloyati Kengashi raisi etib saylandi. 

Shuningdek, sessiyada xalq deputatlari Jizzax viloyati Kengashiga saylangan deputatlarning  partiya guruhlari ro‘yxatdan o‘tkazilib, viloyat Kengashining Reglamenti va doimiy komissiyalar to‘g‘risidagi Nizom tasdiqlandi.

Maslahatlashuvda Prezident tomonidan Jizzax viloyati hokimi lavozimiga Saliyev Ergash Alibekovich nomzodi ko‘rsatilganligi bildirildi. 

Saliyev Ergash Alibekovich Jizzax viloyati hokimi lavozimiga bir ovozdan tasdiqlandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring