Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Jizzaxda 100 ming gektardan oshiq yer bog‘dorchilik va sabzavotga ajratiladi

Jizzaxda 100 ming gektardan oshiq yer bog‘dorchilik va sabzavotga ajratiladi

Prezident «Respublika hududlarini qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirishga ixtisoslashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qarorni imzoladi.

Hujjatga ko‘ra:

— Eksperiment tariqasida 2020–2022 yillar davomida Jizzax viloyatining jami 116,3 ming gektar qo‘shimcha yer maydonlari bog‘dorchilik va uzumchilik, sabzavot, kartoshka, poliz, dukkakli va dorivor o‘simliklar yetishtirish hamda issiqxona xo‘jaliklariga yo‘nalishlariga ixtisoslashtiriladi.

— Zomin tumanidagi dengiz sathidan 1–1,5 ming metr balandlikda bo‘lgan Qoramozor hududidan 20 gektar yer maydoni Sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy-tadqiqot instituti balansiga o‘tkaziladi.

— Zafarobod tumani F. Xo‘jayev massivida joylashgan 30-son manzil koloniyasiga qarashli 513 gektar samarasiz foydalanib kelinayotgan sug‘oriladigan yer maydoni 2400 boshli go‘sht yo‘nalishidagi chorva kompleksini tashkil etish sharti bilan loyiha tashabbuskorlariga tanlov asosida ajratib beriladi.

— 2021 yil 1 yanvardan boshlab 2023 yil 1 yanvarga qadar chetdan olib kirilayotgan urug‘lar, ko‘chatlar va payvandtaglar, mineral o‘g‘itlar, o‘simliklarni kimyoviy himoyalash vositalari, zamonaviy energiya tejovchi issiqxonalar va ularning butlovchi qismlari, tomchilatib va yomg‘irlatib sug‘orish tizimlari hamda ularning butlovchi qismlari bojxona bojidan ozod etiladi.

— Uzum yetishtiruvchilar va vino tayyorlovchilarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasining 6 mlrd. so‘m mablag‘lari evaziga 6 dona burg‘ilash mashinasi xarid qilinib, Jizzax viloyati fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashiga beg‘araz ajratiladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring