Jizzaxda Markaziy Osiyoda yagona qo‘shma korxona foydalanishga topshirildi
2017-yil 20-dekabr kuni Jizzax viloyatining Forish tumanida yirik loyihalardan biri, Markaziy Osiyoda yagona bo‘lgan Buyuk Britaniyaning «Leigh Barrier LLP» kompaniyasi bilan qo‘shma korxona sifatida «Mega invest industrial» shaklidagi mas’uliyati cheklangan jamiyati ishlab chiqarish korxonasi foydalanishga topshirildi.
Qo‘shma korxonaning ochilish marosimida chet ellik hamkorlar, viloyat va tuman hokimligi, keng jamoatchik vakillari ishtirok etdi. Bu haqda viloyat hokimligi axborot xizmati xabar berdi.
Tadbirni viloyat hokimining birinchi o‘rinbosari Alisher Xudayberdiyev kirish so‘zib bilan ochib berdi. Shundang so‘ng, tadbir ishtirokchilariga korxona bo‘ylab ekskursiya tashkil etildi.
Qo‘shma korxona «RB Engineering» Rossiya Federatsiyasining muhandislari tomonidan qurildi, qurilish ishlari 2016-yilning fevral oyida boshlanib, joriy yilning dekabr oyida to‘liq yakunlandi. Qurilish-montaj ishlari uchun korxona tomonidan 8,4 ming AQSh dollarida mablag‘ sarflandi. Tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy banki tomonidan 13,0 mln. AQSh dollarida kredit mablag‘lari ajratilib, Rossiya, Turkiya, Germaniya va Avstriya singari davlatlardan asbob-uskunalar olib kelib o‘rnatildi.
Qayd etish kerak, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 26-dekabrdagi «2017-2019-yillarda tayyor mahsulot turlari, butlovchi buyumlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirishning istiqbolli loyihalarini amalga oshirishni davom ettirish to‘g‘risida»gi qarori imzolangan edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter