Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Joriy yilda «Milliy logistika portali» ishga tushirilishi mumkin

Joriy yilda «Milliy logistika portali» ishga tushirilishi mumkin

Foto: «Ardena Transport»

«Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili» Davlat dasturi loyihasi umumxalq muhokamasiga taqdim etilgani haqida avval xabar bergan edik.

Milliy yuk tashuvchilarni qo‘llab-quvvatlash, tadbirkorlik sub’yektlariga qo‘shimcha sharoitlar yaratish maqsadida «Milliy logistika portali»ni tashkil etish rejalashtirilgan.

Loyiha bilan O‘zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi, «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ, Loyiha boshqaruvi milliy agentligi, Axborot texnologiyalari vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Tashqi savdo vazirligi shug‘ullanadi.

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihasida tadbirkorlik sub’yektlari ushbu portal orqali dunyoning barcha nuqtalarida milliy yuk tashuvchilarning transportlari haqida ma’lumotlarni «onlayn» rejimida tezkor olishi va buyurtma berish imkoniyati yaratilishi, xalqaro logistika kompaniyalari bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish orqali ushbu portal imkoniyatlarini kengaytirish nazarda tutiladi.

Eslatib o‘tish kerak, ushbu loyiha tasdiqlanishi, o‘zgarishi yoki rad etilishi mumkin.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring