Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

JSST: har olti kishidan bittasi bepushtlikdan aziyat chekmoqda

JSST: har olti kishidan bittasi bepushtlikdan aziyat chekmoqda

Hozirgi kunda dunyo bo‘yicha har olti kishidan biri bepushtlik dardiga chalingan. Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining yangi hisobotida qayd etilishicha, bu ko‘rsatkich katta yoshli aholining qariyb 17,5 foizini tashkil qiladi.

Bepushtlikning oldini olish, diagnostika va muolaja qilishga doir mavjud usullar narxi juda yuqori. Ayniqsa, kam daromadli mamlakatlarda tibbiy xizmatning bu turidan barcha birdek foydalana olmaydi.

Shu sababli JSST hukumatlarni ushbu dardga chalingan muhtoj insonlar uchun arzon va sifatli davolash vositalaridan foydalanish imkoniyatini oshirishga chaqirdi.

Qolaversa, tashkilot ko‘plab mamlakatlarda bepushtlik statistikasi muntazam yuritilmayotgani muammo ko‘lami yanada oshishiga xizmat qilishini ma’lum qildi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring