Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Jurnalist: «Hatto ko‘chadagi bomjdan ko‘ra sening huquqlaring kamroq ekanini his qilish alamli»

Jurnalist: «Hatto ko‘chadagi bomjdan ko‘ra sening huquqlaring kamroq ekanini his qilish alamli»

Foto: «Aif.ru»

Jurnalist Elmurod Nishonov «Facebook»dagi sahifasida ommaviy axborot vositalarida mehnat qilayotgan xodimlarni qiynayotgan masalalar, norasmiy ravishda «to‘rtinchi hokimiyat» deb ataluvchi soha vakillarini yillar davomida qiynab kelayotgan, emin-erkin faoliyat yuritishiga to‘sqinlik qilayotgan muammolar haqida to‘xtalib o‘tdi.

«Keyingi paytda jurnalistlarning uy-joy va Toshkent shahriga doimiy propiskasi masalasida O‘zbekiston milliy axborot agentligida yaxshi chiqishlar qilinayapti.

Chindan ham propiska juda og‘riqli masala. Egningni qisib yurishga majbur qiladi. Hatto ko‘chadagi bomjdan ko‘ra sening huquqlaring kamroq ekanini his qilish alamli. Chunki uning (bomjning) propiskasi bor, bu unga Toshkentdan uy olishga huquq beradi. Ana shu huquq 20-30 yildan beri shu sohada ishlab kelayotgan jonkuyar jurnalistlarda yo‘q. Ularning aybi bor, aybi — poytaxtda tug‘ilmagani. Odam qayerda tug‘ilishini o‘zi belgilamaydi-ku!

Uy-joy, mashina olish har holda o‘zimizga bog‘liq narsalar. Ehtimol, o‘n, yigirma yil terlab ishlab mashina ham olarmiz, birovning nomiga uy olib yashash ham mumkin (buning ming ovoragarchiligi bor bo‘lsa-da). Ammo propiska o‘zimizga aslo bog‘liq masala emas. Shunisi odamni xunob qiladi.

Men uy-joysiz, doimiy propiskasiz (vaqtincha propiska omonat narsa, u istalgan paytda to‘xtatib qo‘yilishi mumkinligini necha marotaba ko‘rganmiz), ya’ni cheklangan huquqlar bilan yashayotgan jurnalistning dadil, jur’atli bo‘lishiga ishonmay borayapman».

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring