Kadastr agentligi bo‘limi sobiq boshlig‘i ushlandi

Andijon tumani kadastr bo‘limi sobiq boshlig‘i ushlandi.
Huquq tartibot xodimlari tomonidan Andijon shahrida tezkor tadbirda o‘tkazilgan.
Unda Kadastr agentligi Andijon tumani bo‘limi sobiq boshlig‘i A.M hamda sobiq xodimi S.Olar fuqaro N.Aga Andijon tumanidan bog‘dorchilik uchun ajratilgan 1 gektar yer maydonini Respublika Kadastlar palatasida ishlovchi tanishlari orqali turar-joy sifatida toifasini o‘zgartirib, kadastr hujjatlarini rasmiylashtirib berishlarini aytib, evaziga jami 10.000 AQSh dollari miqdoridagi pullarni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan fuqaro A.M va boshqalarga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi “a,b” bandlari, 28,211-moddasi 2-qismi “a,b” bandlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, protsessual tartibda ushlangan.
Xozirda tergov harakatlari davom ettirilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter