Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Surxondaryoda kadastr xodimi qo‘lga olindi

Surxondaryoda kadastr xodimi qo‘lga olindi

Foto: Prokuratura departamenti.

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentining Denov tumani bo‘limi, DXX va IIB xodimlari hamkorligida tezkor tadbir o‘tkazilgan.

Unda fuqaro M.N. va kadastrlar palatasi Oltinsoy tuman bo‘limi muhandisi A.N. o‘zaro til biriktirib, fuqaro A.Y.ning ishonchiga kirib, unga Oltinsoy tumani “Ipoq” MFY hududidagi davlat zaxirasidagi 65 sotix yer maydonini 1,1 mlrd so‘mga sotishga kelishib, shundan 300 mln so‘mini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlanganlar. 

Shu kabi, Departamentning Bag‘dod tumani bo‘limi, DXX va IIB xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda “Sh-B.” fermer xo‘jaligi ishchisi Sh.Yu. fuqaro F.B.ning ishonchiga kirib, unga ushbu fermer xo‘jaligiga qarashli 26 sotix hamda tutash hududdagi suv yetkazib berish xizmatiga qarashli muhofaza zonasidagi 14 sotix yer maydonini 60 000 AQSh dollariga sotishga kelishib, oldindan 35 000 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring