Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Prezident inflyasiyani 9 foizdan oshirmaslik bo‘yicha topshiriq berdi

Prezident inflyasiyani 9 foizdan oshirmaslik bo‘yicha topshiriq berdi

Foto: Prezident matbuot xizmati

Prezident Shavkat Mirziyoyev ayni vaqtda videoselektor yig‘ilishi o‘tkazmoqda. Davlat rahbari iqtisodiyot tarmoqlarini kompleks va jadal rivojlantirish orqali zamonaviy ish o‘rinlarini yaratish va kambag‘allikni qisqartirishga e’tibor qaratib o‘tdi.

Shavkat Mirziyoyev barcha iqtisodiy kompleks rahbarlari va hokimlarning kelgusi besh yildagi eng ustuvor vazifasi – yalpi ichki mahsulotni 100 milliard dollardan oshirish, sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishni 1,4 baravarga ko‘paytirish va kambag‘allik darajasini kamida 2 baravarga qisqartirishdan iborat ekanini ta’kidladi.

«Joriy yilda inflyasiya darajasini 9 foizdan oshirmaslik bo‘yicha barcha zaruriy choralarni ko‘rishi lozim.

Shu bilan birga, joriy yilda oilaviy tadbirkorlik dasturlari doirasida 10 trillion so‘m kreditlarni «mahallabay» kafolatli yetib borishini ta’minlash kerak», — dedi Shavkat Mirziyoyev.

Davlat rahbari shuningdek budjet taqchilligini yalpi ichki mahsulotga nisbatan 3 foizdan oshirmasligi shartligini ta’kidlab o‘tdi. Prezident yig‘ilish davomida iqtisodiyotga besh yilda 120 milliard dollar, shu jumladan 70 milliard dollar xorijiy investitsiyalar jalb etish, eksport hajmini yiliga 30 milliard dollardan oshirish bo‘yicha tegishli mutasaddilarga topshiriq berdi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring