«Koreya Telekom» Toshkent shahri jamoat transporti uchun o‘z avtomatlashtirilgan to‘lov tizimini taklif etdi

Toshkent shahar hokimligida Jahon banki hamda «Koreya Telekom» vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.


Jahon banki ekspertlari bilan poytaxt hududida transport tarmoqlarini rivojlantirish, yo‘lovchilarga harakatlanish bo‘yicha axborotni innovatsion usullarda yetkazish masalalari muhokama etildi.


Janubiy Koreyaning «Koreya Telekom» kompaniyasi Toshkent shahrining jamoat transportlarida avtomatlashtirilgan to‘lov tizimini joriy etish taklifini ilgari surdi. Bu jamoat transportlari, xususan avtobus, taksi va metroda yo‘lovchilarning naqd puldan foydalanmasdan harakatlanish imkoniyatini ko‘zda tutadi.
Loyihaning dastlabki bosqichida avtomatlashtirilgan to‘lov kartalarini yaratish, poytaxtning markaziy hududlarida ularni sotish va axborotlashtirilgan markazlarni tashkil etish belgilangan. «Koreya Telekom» vakillari avtomatlashtirilgan tizim Janubiy Koreyaning barcha shaharlarida muvaffaqiyatli joriy etilganligini ta’kidlashdi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter