O‘zbekiston va Jahon banki hamkorlik portfeli 16 mlrd dollarga yetdi
Shavkat Mirziyoyev Jahon banki guruhi prezidenti Ajay Banga bilan uchrashuvda infratuzilmaga xususiy investitsiyalarni jalb qilish, xususiylashtirish va suv xavfsizligini ta’minlash masalalarini muhokama qildi.
O‘zbekiston kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha Jahon banki hisobotida e’tirof etildi
Jahon banki O‘zbekistondagi ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar natijalariga bag‘ishlangan «Rising to Prosperity: Broadening Opportunities for All» nomli yangi hisobotini e’lon qildi.
Jahon banki O‘zbekistonda xususiy sektorni kengaytirishda 3 ta ustuvor sohani qayd etdi
Jahon banki O‘zbekiston iqtisodiyoti uchun yangi tavsiyalarni e’lon qildi. Hisobotda qaysi sohalar milliardlab investitsiya va yuz minglab ish o‘rni keltirishi ochiqlandi.
Jahon banki O‘zbekiston boshlang‘ich ta’limini imtiyozli moliyalashtiradi
Jahon banki O‘zbekistonda boshlang‘ich ta’lim sifatini yaxshilashga qaratilgan 100 million dollarlik imtiyozli moliyalashtirishni ma’qulladi.
Shavkat Mirziyoyev Jahon banki vitse-prezidentini qabul qildi: tafsilotlar
Ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotning eng asosiy yo‘nalishlarini qamrab oluvchi yangi uzoq muddatli Mamlakat dasturini ishlab chiqish rejalari qo‘llab-quvvatlandi.
Jahon banki O‘zbekiston qishloqlari uchun 150 mln dollar ajratadi
Jahon banki O‘zbekistonda «Qishloq infratuzilmasini rivojlantirish» dasturining ikkinchi bosqichini amalga oshirish uchun 150 million dollarlik imtiyozli moliyalashtirishni ma’qulladi.
Jahon banki vitse-prezidenti Mirzo Ulug‘bek tumani hokimligiga bordi
Uchrashuv jarayonida mehmonlarga tuman hokimligining faoliyati, boshqaruv tizimi, hududni kompleks rivojlantirishga qaratilgan loyihalar hamda raqamli boshqaruv mexanizmlari haqida batafsil ma’lumotlar berildi.
Jahon banki O‘zbekistonga 10,6 mln dollar miqdorida grant ajratadi
Mazkur mablag‘lar eskirgan gaz uzatish infratuzilmasidagi sizib chiqish holatlarini kamaytirish hamda mamlakatdagi uy xo‘jaliklari va sanoat korxonalarini ta’minlash uchun tabiiy gazni tejashga yo‘naltiriladi. Qayd etilishicha, ushbu chora-tadbirlarning amalga oshirilishi energetika xavfsizligini mustahkamlash, davlat daromadlarini ko‘paytirish va qo‘shimcha ish o‘rinlarini yaratishga ham xizmat qiladi.
O‘zbekiston Jahon banki indeksida o‘z o‘rnini 43 pog‘onaga yaxshiladi
Jahon bankining 2026-yilgi «Ayollar, biznes va qonun» indeksi hisobotiga ko‘ra, O‘zbekiston o‘z o‘rnini 43 pog‘onaga yaxshilab, 100 balldan 82,1 ball bilan 190 ta davlat orasida 48-o‘rinni egalladi.
Ukrainani tiklash uchun 10 yil va qariyb 588 mlrd dollar kerak bo‘ladi
Ukrainani urushdan keyin tiklash uchun yaqin 10 yil ichida qariyb 587,7 milliard dollar (taxminan 500 milliard yevro) kerak bo‘ladi. Bu haqda 23-fevral kuni Ukraina hukumati, Jahon banki, Yevropa komissiyasi va BMT tomonidan tayyorlangan qo‘shma hisobotda ma’lum qilindi. Hisob-kitoblar 2025-yil 31-dekabr holatiga asoslangan.

