Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ko‘rkam, muhtasham, ajoyib — Samarqandning yangilangan vokzalidan reportaj

Ko‘rkam, muhtasham, ajoyib — Samarqandning yangilangan vokzalidan reportaj

Samarqand shahridagi temir yo‘l vokzali azaldan xushbichim dizayni va ajoyib me’moriy yechimi bilan kishi diqqatini o‘ziga tortardi. ShHT sammiti oldidan o‘tkazilgan ta’mirlash ishlaridan so‘ng, vokzal yana-da ko‘rkamlashdi. Xabar.uz muxbiri yangilangan vokzal binosida bo‘ldi va reportaj tayyorladi.

Avvalo ta’kidlash lozim, Samarqand vokzali shunchaki ta’mirlanib qolmagan, balki ko‘plab qulayliklar yaratilgan. Xususan, eng katta yangiliklardan biri — endi vokzalga kirish uchun uch martalab nazoratdan o‘tish shart emas. Kirish joyining o‘zida pasport nazoratidan ham o‘tasiz, chipta ham tekshiriladi va yuklaringiz ham ko‘zdan kechiriladi. Tamom, qolganiga vokzalning shinam zalida poyezd kelishini kutish mumkin. Bu yerdagi mozaikalar xuddi san’at asarlarini eslatadi.

ShHT sammitini yuqori saviyada o‘tkazish uchun vokzalning o‘zida yangi chiptaxonalar tashkil etildi. Toshkent-Samarqand yo‘nalishidagi "Afrosiyob" tezyurar poyezdi qatnovi esa 5 taga yetkazildi va mavjud reyslarga ikkitadan qo‘shimcha vagon o‘rnatildi. Natijada kuniga 2 mingdan ziyod yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatish imkoniyati yuzaga keldi.

Eng muhimi, bunday qulayliklarga ega vokzal binosi ShHT sammitidan so‘ng ham Samarqand ahli va mehmonlarga xizmat ko‘rsatishda davom etadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring