Kunduzi uxlashning nimasi xavfli?
Kunduzi ko‘p uxlashga odatlangan kishilar, faqat kechasi uxlaydigan odamlarga nisbatan Alsgeymer xastaligiga moyil bo‘lishadi. Vashington universiteti shifokorlari shunday xulosaga kelishdi. Bu haqida «AiF» xabarida ma’lum qilingan.
Olimlar o‘tkazgan tadqiqotlarda o‘rtacha yoshi 66da bo‘lgan 189 kishi qatnashdi. Fitnes-trekerlar yordamida shifokorlar tajriba ishtirokchilarining biologik faolligini 14 kun davomida kuzatishgan, shuningdek ularning bosh miyasi magnit-rezonans tomografiyasidan o‘tkazilgan.
Aniqlanishicha, miya faoliyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi amiloid blyashkalari bor kishilar kunduzi ko‘p uxlab, kechasi uyqu buzilishidan aziyat chekishar ekan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter