«Kuniga o‘rtacha 6 kishi vafot etayotgani barchani qattiq tashvishga solishi kerak... » – Prezident

Bugungi yig‘ilishda davlat rahbari sohada o‘z yechimini kutayotgan masalalar ko‘pligini qayd etdi.
Mamlakatda yo‘l-transport hodisalari oqibatidagi zarar yalpi ichki mahsulotga nisbatan o‘rtacha 0,4 foizni tashkil qilayotgani ko‘rsatib o‘tildi.
O‘tgan yili 9 ming 364 ta yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan. Ushbu mudhish hodisalarda qariyb 9 ming fuqaro jarohat olgan.
Eng achinarlisi, avariyalar tufayli 2 ming 203 nafar odam halok bo‘lgan. Eng ko‘p o‘lim holatlari Samarqand, Toshkent va Farg‘ona viloyatlarida.
Joriy yilning olti oyida 20 ta hududda avariyalar soni yuqoriligicha qolmoqda.
Og‘ir oqibatli avariyalar keskin kamaygan tumanlar ko‘p. Mo‘ynoq, Nukus, Taxtako‘pir, Qonliko‘l, Yangiobod, To‘raqo‘rg‘on, Oqqo‘rg‘on, Sayxunobod, Buloqboshi, Ulug‘nor, Bandixon tumanlari va Ohangaron, Shirin, Nurafshon, Xonobod shaharlarida vaziyat yaxshilanib, birorta o‘lim bo‘lmadi.
Lekin Qiziltepa, Uychi, Paxtachi, Chust, Toyloq, Urgut, Shovot, Pastdarg‘om, Yakkabog‘, Qo‘shko‘pir, Xonqa, Denov, Peshku, Beruniy, Olmazor, Bektemir tumanlarida teskari vaziyat.
Soha uchun mas’ullarga bizda har 100 ming aholiga o‘lim bilan bog‘liq avariyalar soni Hamdo‘stlik davlatlari ichida eng pastligi xotirjamlikka berilish uchun sabab emasligi ko‘rsatib o‘tildi.
«Afsuski, har to‘rtinchi avariyada 1 kishi yoki kuniga o‘rtacha 6 kishi vafot etayotgani barchani qattiq tashvishga solishi kerak», - dedi Prezident.
Manba: t.me
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter