Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Kuyovga sovg‘a qilingan mashinani qaytarib olsa bo‘ladimi?

Kuyovga sovg‘a qilingan mashinani qaytarib olsa bo‘ladimi?

Foto: «africanmanager.com»

«2013-yilda kuyovimga mashina sovg‘a qilgandim. Bu narsa notarial rasmiylashtirilgan. Shuni qaytarib olsa bo‘ladimi?»

Adliya vazirligining «Huquqiy axborot» kanalining javobiga ko‘ra:

Bu masala Fuqarolik kodeksi bilan tartibga solinadi. Unga ko‘ra quyidagi hollarda sud orqali hadya shartnomasini bekor qilinishini talab qilish mumkin:

  • hadya oluvchi hadya qiluvchining, uning oila a’zolari yoki yaqin qarindoshlarining hayoti yoki sog‘lig‘iga qarshi ataylab jinoyat sodir qilgan hollarda;
  • agar hadya oluvchining hadya qiluvchi uchun katta nomulkiy qiymatga ega bo‘lgan hadya buyumga nisbatan muomalasi uning butunlay yo‘q bo‘lib ketishi xavfini solsa;
  • yakka tadbirkor yoki yuridik shaxsning bankrotlik to‘g‘risidagi qonun hujjatlari qoidalarini buzib, bankrot deb e’lon qilinishidan oldingi bir yil ichida tadbirkorlik faoliyati bilan bog‘liq mablag‘lar hisobidan qilgan hadyasi.

Bundan tashqari hadya shartnomasida hadya oluvchi hadya qiluvchidan oldin vafot etgan taqdirda hadya qiluvchining hadyani bekor qilish huquqi shart qilib qo‘yilishi mumkin.

Hadya oluvchi hadya qiluvchini qasddan o‘ldirgan taqdirda hadya qiluvchining vorislari sudda hadyani bekor qilishni talab etish huquqiga ega.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring