Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Lola Karimova Gollivuddagi uchta uyini sotuvga qo‘ydi

Lola Karimova Gollivuddagi uchta uyini sotuvga qo‘ydi

Lola Karimova-Tillayeva va uning turmush o‘rtog‘i Timur Tillayev olti yil oldin Gollivudda xarid qilingan uchta uyini sotuvga qo‘yishdi.

Uylar Los-Anjelesdagi Gollivud tepaligida joylashgan. 2014-yil yozida uylarning umumiy qiymati deyarli 16,1 million dollar bo‘lgan.

Qayd etilishicha, Lola Karimova-Tillayeva va uning turmush o‘rtog‘i bu uylarda yashashmagan. Uylar ijaraga qo‘yilgan bo‘lgan.

Eng yuqori baholangan uch qavatli villa avval NFL sobiq yulduzi Reggi Bush va uning mashuqasi Kim Kardashianga tegishli bo‘lgan. Ular bu uyda 2007-2014-yillarda yashashgan. Villa taxminan 6,5 million dollarga baholanmoqda.

Karimova-Tillayevaning Marokash uslubidagi ikkinchi villasi 6,4 million dollarga sotuvga qo‘yilgan.

Uchinchi uy esa 6 million dollarga baholanmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring