Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Lyubaya biznes xorosha» mansabdorlariga jinoyat ishi ochildi

«Lyubaya biznes xorosha» mansabdorlariga jinoyat ishi ochildi

Foto: Xabar.uz

«Lyubaya biznes xorosha», «Plati-leti», «S 707» va boshqa MChJlar mansabdor shaxslariga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, «Lyubaya biznes xorosha», «Plati-leti», «S 707» va boshqa MChJlar mansabdor shaxslariga nisbatan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi (JKning 179, 184, 189-moddalar) yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.

Tergovga aralashish va to‘sqinlik qilish holatlarining oldini olish maqsadida boshqa tafsilotlar oshkor qilinmaydi.

Eslatib o‘tamiz, 2019 yilda «Lyubaya biznes xorosha» MChJ ro‘yxatga olingani ma’lum bo‘lgandi. Ushbu MChJ 3 mlrd so‘m ustav fondi bilan tadbirkorlik faoliyatini boshlagan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring