Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Magic Cityda sotuvchilar va qo‘riqlash xodimlari o‘rtasida janjal yuz berdi

Magic Cityda sotuvchilar va qo‘riqlash xodimlari o‘rtasida janjal yuz berdi

Ijtimoiy tarmoqlarda Magic City dam olish maskanida ommaviy tartibsizlik yuz bergani haqidagi xabarlar tarqalmoqda.

Toshkent shahar IIBB holat bo‘yicha rasmiy ma’lumot berdi. 

Joriy yilning 6 noyabr kuni bog‘da gaz to‘ldirilgan sharlarni sotuvchi yigitlar 2000-y.t. U.D., 2002-y.t. A.X., 2003-y.t. I.U., 2004-y.t. M.T.lar noqonuniy savdo qilayotgani uchun majmuaning qo‘riqlash xizmati xodimlari tomonidan chiqartirib yuborilayotganda ular o‘rtasida o‘zaro janjal yuz bergan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan Chilonzor tumani IIO FMB tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilmoqda. Natijasi bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot beriladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring