Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Mahalla fuqarolar yig‘ini reyestri shakllantiriladi

Mahalla fuqarolar yig‘ini reyestri shakllantiriladi

Hukumat qarori (586-son, 15.09.2025 y.) bilan “Mahalla fuqarolar yig‘ini yagona reyestrini shakllantirish va yuritish tartibi to‘g‘risida”gi nizom tasdiqlandi. 

Reyestr davlat organlari hamda boshqa tashkilotlar bilan idoralararo elektron hamkorlik uchun zarur bo‘lgan mahalla fuqarolar yig‘iniga oid yagona ma’lumot manbai hisoblanadi.

Reyestr Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari qaroriga asosan O‘zbekiston mahallalari uyushmasi tomonidan shakllantiriladi.

Reyestr Uyushma tomonidan “Raqamli mahalla” axborot tizimida yuritiladi.

Reyestrda quyidagi ma’lumotlar shakllantiriladi, jumladan:

- mahallaning to‘liq va qisqacha nomi;

- mahalla kodi;

- soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami;

- Kengash qarori sanasi va raqami;

- mahalla joylashgan hudud;

-mahallaning hududiy chegarasi geoma’lumotlari.

Ma’lumotlar Reyestrdan mahalla kodi yoki mahalla STIRidan foydalanish orqali olinadi.

 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring