«Xabar.uz» sayti Majburiy ijro byurosi direktoridan eksklyuziv intervyu oldi

O‘tgan 2017-yil O‘zbekistonda tub o‘zgarishlar va yangilanishlar yili bo‘ldi, deyish mumkin. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni bilan 2017–2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasining tasdiqlangani ham shular jumlasidandir.
Harakatlar strategiyasida belgilangan vazifalarni amalga oshirish, shuningdek, elektr va gaz ta’minoti sohasida boshqaruv tizimini, nazorat va hisobga olish mexanizmlarini yanada takomillashtirish, to‘lov intizomini mustahkamlash, javobgarlikni kuchaytirish, ijro ishi yuritishning samaradorligini tubdan oshirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzurida Majburiy ijro byurosi tashkil etildi va mazkur organga ijro ish yurituvi, elektr va gaz ta’minoti sohalarida yillar davomida to‘planib qolgan muammolarni hal qilish yuzasidan yangi vazifalar qo‘yildi.
Iste’molchilar elektr energiyasi va gaz uchun to‘lovlarni qachon amalga oshirishlari kerak? Qanday hollarda ular tarmoqdan uzib qo‘yiladi? Tarmoqqa noqonuniy ravishda ulanganlarga nisbatan qanday choralar va jazolar ko‘riladi?
Har xil tovlamachilik va firibgarliklarning oldini olish maqsadida Byuro xodimlari maxsus kiyim (uniforma) kiyib yurishi belgilangan. Byuro xodimlari ham ushbu qoidalarga rioya etishmoqdami?
Aynan sohada amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishish va yuqoridagi savollarga javob olish maqsadida Majburiy ijro byurosi direktori Botir Baxromovich Qudratxodjayev bilan suhbatlashdik. Mazkur intervyuni tez kunda e’tiboringizga havola qilamiz.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter