Majburiy ijro byurosi «Gazeta korpusi» nomini olgan 7 qavatlik binoni auksionga qo‘ydi

Toshkent markazidagi yetti qavatlik bino boshlang‘ich bahosi 18 mlrd so‘m bilan auksionga qo‘yildi, deb xabar berdi «Spot».
«E-ijro auktsion» saytidagi ma’lumotlarga ko‘ra, binoda 380 xona bor. Umumiy maydoni — 0,8 ga, qurilish maydoni — 0,277 ga. Binonig umumiy maydoni — 9,8 ming kv. m.
Ijro hujjatining sanasi — 2017-yil, oktyabr. Hujjatni rasmiylashtirgan organ — iqtisodiy sud. Ijrochi Mirobod tumani majburiy ijro byurosi.
Lotda ko‘rsatilgan suratlarga ko‘ra, bu bino «Matbuotchilar, 32» manzilidagi bir qator markaziy gazeta va jurnallar tahririyatlari joylashgan hamda xalq tilida «Gazeta korpusi» nomini olgan 7 qavatlik inshootdir.

Auksionga nafaqat ushbu binoning o‘zi, undagi restoran ham qo‘yilgan. Buyurtmalar 2 maygacha qabul qilinadi, auksion esa 4 may kuni bo‘lib o‘tadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter