Maxsus komissiya yig‘ilishi: Navro‘z bayrami qanday o‘tishi kerak?
Maxsus komissiya qaroriga ko‘ra, Navro‘z umumxalq bayrami tadbirlarini o‘tkazishda quyidagilarga ahamiyat berish lozimligi belgilandi:
- bayram tadbirlarini ob-havo sharoitini inobatga olgan holda ochiq joylarda, ya’ni bog‘lar, xiyobonlar va o‘yingohlarda o‘tkazish;
- bayram tadbirlarida aholini ko‘p to‘plamaslik va tashrif buyuruvchilar niqobda bo‘lishlari hamda ijtimoiy masofani saqlashlari ustidan nazoratni o‘rnatish;
- aholi gavjumligining oldini olish maqsadida tadbirlarni kichik hajmda mahallalarda tashkil etish choralarni ko‘rish.
Bu haqda huquqshunos Xushnudbek Xudoyberdiyev o‘z kanalida ma’lumot berdi.
Shuningdek, Maxsus komissiya yig‘ilishida so‘nggi kunlarda aholi o‘rtasida koronavirus infeksiyasi bilan kasallanish holatlari ortganligi ta’kidlangan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter