Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Metroning yozda yopilgan bekatlari qachon ochilishi ma’lum bo‘ldi

Metroning yozda yopilgan bekatlari qachon ochilishi ma’lum bo‘ldi

Foto: Xabar.uz

25-dekabrdan «Yunusobod» va «Turkiston» metro bekatlari yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatishni boshlaydi.

Bu haqda metropoliten ma’muriyati ma’lumot berdi. 

Rejali profilaktik ishlarni amalga oshirish maqsadida, «Yunusobod» hamda «Turkiston» metro bekatlari 4 oy muddatga yopilgandi. Ushbu profilaktik ishlar o‘z yakuniga yetkazildi.

Shu munosabat bilan joriy yilning 25 dekabr sanasidan boshlab, bekatlar ish faoliyati soat tongi 05:00 dan tungi 00:00 ga qadar doimiy reja asosida xizmat ko‘rsatilishi yo‘lga qo‘yiladi.

Amalga oshirilgan ishlar natijasida, yo‘nalishda harakatlanuvchi poyezdlar oraliq vaqt intervali tig‘iz vaqtlarda 10 daqiqadan 4 daqiqagacha qisqartiriladi. Kelgusida bu ko‘rsatkich yanada qisqartirilib, 2 daqiqaga yetkazish rejalashtirilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring