MIB Milliy universitetda xizmatga qabul qilish yuzasidan tadbir o‘tkazdi

O‘zbekiston Milliy universiteti iqtisodiyot fakultetida O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro buyurosi Toshkent shahar boshqarmasi vakillari tomonidan boshqarma xizmatiga qabul qilish tartibi bo‘yicha targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.
Tadbirda Majburiy ijro buyurosining mustaqil huquqni muhofaza qiluvchi organ sifatidagi asosiy vazifalari, faoliyat olib boruvchi xodimlar maqomi, davlat ijrochilari va inspektorlarining vazifalari, xodimlarning ijtimoiy himoyasi haqida ma’lumot berib o‘tildi.
Shuningdek, Majburiy ijro buyurosi vakillari talabalarga mavjud bo‘sh ish o‘rinlari, ishga kirish tartibi va nomzodlarga qo‘yiladigan talablar xususida ma’lumot berdi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter