Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Mikrokreditbank» moliyalashtirgan korxona eksportbop issiqxona konstruksiyalari ishlab chiqarmoqda

«Mikrokreditbank» moliyalashtirgan korxona eksportbop issiqxona konstruksiyalari ishlab chiqarmoqda

Bugungi jahon xo‘jaligiga integrallashuv jarayonlarida import o‘rnini bosish siyosatini amalga oshirish har qanday mamlakat uchun iqtisodiy xavfsizlik va barqarorlikni ta’minlashning majburiy chorasiga aylanib bormoqda. Zero, bu siyosatni to‘g‘ri va samarali yo‘lga qo‘yish mamlakatning importga bog‘liqlik darajasini kamaytirib, iqtisodiy barqarorlikka erishish imkoniyatini vujudga keltiradi.

Bugungi kunda «Mikrokreditbank» ATB tomonidan moliyalashtirilayotgan loyihalar ulushida import o‘rnini bosuvchi va eksport uchun mahsulot ishlab chiqarishga mo‘ljallangan loyihalar salmog‘i oshib bormoqda.

Xususan, «Mikrokreditbank» ATB tomonidan «Agrocon Greenhouse System Xorazm» MChJ shaklidagi qo‘shma korxonasining yiliga 150 gektar maydonga zamonaviy tipdagi issiqxona konstruksiyalari ishlab chiqarish va 3000 tonna qurilishda foydalaniladigan metal mahsulotlari ishlab chiqarish quvvatiga ega loyihasi 2020 yilning 2-choragida moliyalashtirilgan edi.

Mazkur loyihaning umumiy qiymati 7,0 mln. AQSh dollari bo‘lib, 3,5 mln. AQSh dollari «Mikrokreditbank» ATB xorijiy kredit liniyalari hisobidan moliyalashtirilgan bo‘lsa, 3,5 mln. AQSh dollari miqdoridagi mablag‘lar korxonaning turkiyalik investori mablag‘lari hisobidan amalga oshirilmoqda.

Buxoro va Xorazm viloyatida tashkil etilgan issiqxona kompleksi tashabbuskorlari mazkur zamonaviy issiqxona konstruksiyalari xorijiy korxonalardan chet el valyutasida import hisobiga olib kelinayotgan konstruksiyalardanda sifatli ekanligini hamda ushbu mahsulotlarni korxonadan milliy valyutada sotib olish afzalliklarini  e’tirof etishdi.

«Agrocon Greenhouse System Xorazm» MChJ shaklidagi qo‘shma korxonasi tomonidan mazkur loyiha ishga tushirilishi natijasida import o‘rnini bosuvchi zamonaviy tipdagi issiqxona konstruksiyalari ishlab chiqarish bilan birga, eksport uchun mahsulotlar ishlab chiqarilishiga ham erishilmoqda.

Quvonarlisi, korxona 2021 yilning o‘tgan davri mobaynida qo‘shni Tojikiston Respublikasiga zamonaviy tipdagi issiqxona kompleks uskunalari yetkzib berish bo‘yicha rasmiylashtirilgan umumiy qiymati 1,6 mln. AQSh dollari miqdoridagi shartnomalar bo‘yicha o‘tkazilgan mablag‘lar hisobiga dastlabki mahsulotlarni jo‘natishga erishdi.

Bugungi kunda Prezidentimiz Sh.Mirziyoyev tomonidan aholi tomorqasidan samarali foydalanish, ishsiz aholini ish bilan ta’minlash, ayniqsa, yoshlar va xotin-qizlar bandligi ta’minlash har tomonlama qo‘llab-quvvatlanayotgan davrda «Agrocon Greenhouse System Xorazm» MChJ shaklidagi qo‘shma korxonasi tomonidan aholi tomorqasi va dehqon xo‘jaliklari uchun ixcham va energotejamkor issiqxona konstruksiyalari ishlab chiqarilayotganligi loyihaning bugungi kundagi afzalliklaridan biri hisoblanadi.

Otabek Ortiqov,
«Mikrokreditbank» ATB

Investitsiya loyihalarini moliyalashtirish departamenti bo‘lim boshlig‘i

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring