Shavkat Mirziyoyev Qozog‘iston prezidentini tabrikladi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev bilan telefon orqali muloqot qildi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.
«Davlatimiz rahbari Prezident Qasim-Jomart Toqayevni tavallud kuni bilan samimiy muborakbod etib, unga mustahkam sog‘lik, farovonlik va muvaffaqiyat tiladi.
Qozog‘iston Prezidentining birodar mamlakatlarimiz o‘rtasidagi ko‘p asrlik do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik va strategik sheriklik munosabatlarini mustahkamlashga qo‘shgan katta hissasi qayd etildi.
Muntazamlik kasb etgan va ishonchga asoslangan oliy darajadagi muloqotlar ko‘p qirrali O‘zbekiston-Qozog‘iston munosabatlarining jadal sur’at bilan rivojlanishiga xizmat qilayotgani ta’kidlandi.
Suhbatda ikki tomonlama va mintaqaviy ahamiyatga molik dolzarb masalalar ko‘rib chiqildi. Avval erishilgan kelishuvlarning amalga oshirilishi hamkorlikning barcha ustuvor yo‘nalishlarda yanada kengayishiga xizmat qilishiga ishonch bildirildi», deyiladi xabarda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter