Mirziyoyev Qozog‘iston prezidentiga minnatdorchilik bildirdi

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayevga Aqto‘be viloyatida ro‘y bergan avtomobil halokatida vafot etganlarning oila a’zolari va yaqinlariga bildirilgan chuqur hamdardlik uchun samimiy minnatdorlik bildirdi.
Davlatimiz rahbarining maktubida yo‘l-transport hodisasi sabablarini aniqlash va marhumlarni yurtimizga olib kelishda O‘zbekistonning maxsus hukumat komissiyasi va idoralariga Qozog‘iston Hukumati tomonidan ko‘rsatilayotgan har tomonlama ko‘mak uchun ham tashakkur izhor etilgan.
Eslatib o‘tamiz, YTH oqibatida sakkiz o‘zbekistonlik halok bo‘ldi. Ular Mudofaa vazirligi maxsus bortida Vatanga qaytarilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter