Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Muftiy O‘zbekistondagi ahli ilmlarga murojaat yo‘lladi (video)

Muftiy O‘zbekistondagi ahli ilmlarga murojaat yo‘lladi (video)

Muftiy Nuriddin Xoliqnazarov O‘zbekistondagi ahli ilmlarga murojaat qildi.

Murojaatda bugungi kunda o‘zlarining xatti-harakatlari bilan dinni xunuk ko‘rsatib qo‘yayotgan ba’zi ahli ilmlar haqida gapirilib, ularga dinni yetkazishda chiroyli yo‘ldan borish zarurligi aytib o‘tilgan.

«Din bu tortishuv, haqorat, bir-birini kamsitish uchun kelgan emas. Din bu nasihat. Ana shu qoidaga muvofiq juda ham ehtiyot bo‘lishimiz kerak.

Nasihat yumshoqlik va muloyimlik bilan olib boriladi. Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam qo‘pol, dag‘al gapiruvchi, haqorat qiluvchi Zot bo‘lmaganlar. Ming afsuski, Alloh nomidan gapirib, haqorat qilib yuborishlik, Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam nomidan gapirib, fahsh so‘zlarni ishlatib da’vat qilishliklarni ham eshitib qolyapmiz. Alloh O‘zi kechirsin!», — deyiladi murojaatda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring