Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Murojaatlar bilan ishlashdagi kamchilik sabab 150 dan oshiq mansabdor ishdan olindi

Murojaatlar bilan ishlashdagi kamchilik sabab 150 dan oshiq mansabdor ishdan olindi

Foto: Prezident xalq qabulxonasi

​Murojaatlarni ko‘rib chiqishda mas’uliyatsizlikka yo‘l qo‘ygan 151 amaldor ishdan olindi.

2026-yilning yanvar-avgust oylarida Prezident Xalq qabulxonalari tomonidan murojaatlar bilan ishlashda yo‘l qo‘ygan kamchiliklari yuzasidan davlat organlari va tashkilotlariga ta’sir choralari ko‘rish bo‘yicha jami 5 486 ta hujjat kiritildi. 

2026-yilning yanvar-avgust oylari davomida fuqarolar va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlashda ijro intizomini ta’minlash hamda qonunbuzilish holatlarining oldini olish borasida tizimli tadbirlar amalga oshirildi.

​Hisobot davrida soha bo‘yicha jami 1 386 ta taqdimnoma, 642 ta talabnoma, 495 ta axborot hamda 2 963 ta ko‘rsatma kiritildi.

​O‘tkazilgan tahlillarga ko‘ra, kiritilgan hujjatlarning asosiy qismi quyidagi vazirlik va idoralar hissasiga to‘g‘ri keladi:

​Eng ko‘p taqdimnomalar: 

Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi (233 ta), Mahallalar uyushmasi (218 ta) hamda Majburiy ijro byurosi (158 ta) tizimlariga kiritilgan.

​Eng ko‘p ko‘rsatmalar: Mahallalar uyushmasi (246 ta), Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi (212 ta) va Sog‘liqni saqlash vazirligi (210 ta) tizimlariga berilgan.

​Eng ko‘p talabnomalar: Mahalliy hokimliklar (62 ta), Sog‘liqni saqlash vazirligi (59 ta) hamda Ijtimoiy himoya milliy agentligi (47 ta) tizimlariga yuborilgan.

Murojaatlarni ko‘rib chiqishda mas’uliyatsizlikka yo‘l qo‘ygan va qonunbuzilish holatlarini sodir etgan mansabdor shaxslarga nisbatan qat’iy ta’sir choralari ko‘rildi:

​Rasman ogohlantirish: 1 335 ta

​Hayfsan: 833 ta

​Lavozimidan ozod etish: 151 ta

​Ma’muriy javobgarlik: 150 ta

​Jarima: 89 ta

​Lavozimi pasaytirilishi: 8 ta

​Ma’naviy ziyon uchun kompensatsiya: 3 ta

​Moddiy zarar qoplanishi: 1 ta

Murojaatlar bilan ishlash sohasida ijro intizomini mustahkamlash va fuqarolar huquqlarini ishonchli himoya qilish borasidagi nazorat tadbirlari davom ettirilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring