Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Murojaatlarga bepisand qaragan kadastr xodimlari jazoga tortildi

Murojaatlarga bepisand qaragan kadastr xodimlari jazoga tortildi

Kadastr agentligi va hududiy boshqarmalariga jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqishda kamchiliklar va qonunbuzarliklarga yo‘l qo‘ygan xodimlarga nisbatan 174 ta intizomiy jazo choralari qo‘llanilgan. Bu haqda AOKAda bo‘lib o‘tgan brifingda Kadastr agentligi boshqarma boshlig‘i Odil Mahmudov ma’lum qildi.

Ta’kidlanishicha, 2022 yilning 1 oktyabr holatiga Kadastr agentligiga kelib tushgan murojaatlarning 12 ming 795 tasi (76 foizi) qanoatlantirilgan. Shuningdek, 3 ming 737 tasi (22,2 foizi) ga umumiy tushuntirish berish orqali ko‘rib chiqilgan. Murojaatlarning 304 tasi (1,8 foizi)ga qonun hujjatlari asosida rad etilgan.

Shu bilan birga, 2022 yilning o‘tgan davri mobaynida Kadastr agentligi va hududiy boshqarmalariga jismoniy, yuridik shaxslarning  murojaatlarini ko‘rib chiqishda kamchiliklar holatlari aniqlagan. Hususan, qonunbuzarliklarga yo‘l qo‘ygan rahbar va mas’ul xodimlarga nisbatan 32 ta jarima va 142 ta hayfsan, jami 174 ta intizomiy jazo choralari qo‘llanilgan.

Ma’lumot uchun, fuqarolar kadastr pasportini shakllantirish, davlat ro‘yxatidan o‘tkazish, ma’lumotnomalar olish, geodeziya, kartografiya va topografiya faoliyatiga litsenziya olish bilan bog‘liq va boshqa yo‘nalishlarda kadastr xizmatlaridan foydalanish uchun to‘g‘ridan-to‘g‘ri Davlat xizmatlari markazlari va bevosita my.gov.uz  sayti yoki «Litsenziya axborot tizimi» orqali ariza qoldirishi mumkin.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring