Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Musulmonlar idorasi Ramazon Hayiti borasida bayonot berdi

Musulmonlar idorasi Ramazon Hayiti borasida bayonot berdi

Foto: Xabar.uz

O‘zbekiston musulmonlari idorasida Ramazon oyi va hayitini munosib kutib olish, Islom dini tartib-qoidalari asosida hilolni kuzatish bo‘yicha ishchi guruh faoliyat yuritmoqda.

Mazkur ishchi guruhning vakillari yurtimizning turli hududlarida hamda AQSh, Turkiya, Janubiy Koreya va Rossiya mintaqalarida ham kuzatish ishlarini olib bormoqda, deyiladi Musulmonlar idorasi xabarida.

Taniqli ulamolar va malakali mutaxassislardan iborat mazkur ishchi guruh Ramazon hayitining birinchi kuni – Shavvol hilolini astronomik tahlillar hamda xorijiy davlatlardagi mutaxassislar bilan hamkorlik asosida kuzatishmoqda.

Ushbu ishchi guruh kuzatish natijalarini O‘zbekiston musulmonlari idorasi Ulamolar Kengashiga taqdim etadi.

Ramazon hayitining birinchi kuni haqidagi ma’lumotlar Ulamolar Kengashi tomonidan ko‘rib chiqiladi va tegishli xulosalar qabul qilinadi, deyiladi xabarda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring