Mutaxassis Quyosh chaqnashining ehtimoliy og‘ir oqibatidan ogohlantirdi
Butun sayyoradagi elektr tarmog‘ining vayron bo‘lishi Quyoshdagi kuchli chaqnashlar natijasida yuzaga keladigan ehtimoliy global falokatdan biri bo‘lishi mumkin. Bu haqda mutaxassis Daniel Mediavilla fikr yuritdi.
Mutaxassisning fikricha, Yerga yaqinlashib kelayotgan magnit bo‘roni insoniyatni o‘rta asrlarga, texnika bo‘lmagan qoloq davrga qaytarishi mumkin. Uning ta’kidlashicha, bu yil quyosh faolligining ko‘p yillik siklining eng yuqori nuqtasi bo‘ladi.
Quyosh chaqnashlari sun’iy yo‘ldoshlarni va elektr tarmog‘ini buzishi mumkin.
Bundan tashqari, olimlar allaqachon kuchli chaqnashni qayd etishgan. Bu katta zarar keltirmadi, biroq olimlar quyosh faolligi oshishi bilan insoniyatga tahdid ham kuchayishiga ishonishdi. Mediavilla yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan voqealarni 1859-yilda, geomagnit bo‘ron telegraf liniyalarini buzgan paytda sodir bo‘lgan voqea bilan taqqosladi.
Uning qo‘shimcha qilishicha, odamlar elektr energiyasi bilan chambarchas bog‘langani uchun zarar ancha og‘ir bo‘lishi mumkin, deb yozadi El Pais gazetasi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter