Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Namangan shahri hokimi yangi lavozimga tayinlanadi

Namangan shahri hokimi yangi lavozimga tayinlanadi

Abdurazzoqov Shavkat Shokirjonovich

Abdurazzoqov Shavkat Shokirjonovichni O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi raisi lavozimiga tasdiqlash haqida Qonunchilik palatasining qarori qabul qilindi.

Deputat Rasul Kusherbayevning xabar berishicha, ushbu masala palataning yalpi majlisida ko‘rib chiqildi.

Sh.Abdurazzoqov ayni vaqtga qadar Namangan shahar hokimi vazifasida mehnat qilmoqda edi.

«Yangi rahbar raisligidagi sohada nazorat kuchaytirilib, asossiz ravishda daraxtlar kesilmasligiga umid qilamiz», deya munosabat bildirdi deputat.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring