Namanganda fojia qurbonlari xonadonlariga ta’ziya bildirildi

Shayx Abdulaziz Mansur fojia qurbonlaridan birining xonadonida.

Ushbu mutasaddilar mash’um fojiada vafot etgan hamyurtlarning haqlariga duolar qilib, Yaratgan Parvardigordan ularning solih amallarini o‘zlariga hamroh qilishini, gunohlarini mag‘firat etishini, yotgan joylari jannat bog‘laridan bir bog‘ bo‘lishini so‘radi.

Ulamolar va mas’ullar halok bo‘lganlarning oila a’zolari hamda yaqinlarining musibatlariga sherik ekanlarini aytib, respublikaning barcha masjidlarida juma namozlarida duolar qilingani va madrasalarda xatmi Qur’onlar o‘qilayotganini bildirdi. Mana shunday qayg‘uli kunlarda mutasaddilar doimo hamroh bo‘lib, har qanday yordamga tayyor ekanliklarini izhor qildi.

Avvalroq O‘zbekiston musulmonlari idorasi Samarqand viloyatining Pastdarg‘om va Payariq tumanlarida bo‘lib o‘tayotgan Qur’on musobaqasining hududiy bosqichlarida Qur’on tilovatlari qilinib, Qozog‘iston fojiasidagi marhumlarning haqiga bag‘ishlangani, bunday savobli ishlar davom ettirilayotganini ma’lum qilgan edi. O‘zbekiston va Qozog‘istondagi masjidlarda bugungi juma namozi paytida qurbonlarning haqiga duo qilindi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter