Namanganda «Har bir qizga bir kitob» aksiyasi o‘tkazildi

Namangan muhandislik-texnologiya institutida kitobxonlik targ‘ibotiga qaratilgan «Har bir qizga bir kitob» tadbiri o‘tkazildi. Bu haqda institut axborot xizmati xabar qilmoqda.
8 mart bayrami arafasida institutda faoliyat yuritayotgan 200 nafardan ziyod ayol professor -o‘qituvchi hamda 1036 nafar talaba qizga bayram sovg‘asi sifatida o‘zbek va jahon adabiyotining buyuk namayondalari, shoir va adiblarning sara asarlaridan iborat badiiy kitoblar taqdim etildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter